Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o`qituvchisi Matyoqubov Maqsadning Qovoq yetishtirishda yangi interaktiv texnologiyalarni qo`llash mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari

Matyoqubov.M “Qovoq yetishtirishda yangi texnologiyalarni qo’llash” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Qovoq yetishtirishda yerni ekishga tayyorlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini ta’minlovchi muhim shartdir. Kuzda 35 sm chuqurlikkacha yer shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi qovoq ekini erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo‘q. Ekinlar kechki muddatlarda ekilganda yerni qayta shudgorlash zarur. Bunda tuproqni ag‘darmasdan turib, 22 sm chuqurlikda chopib chiqiladi. Qovoq urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Janubiy viloyatlarda 15 aprelgacha, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 20 aprelgacha, shimoliy mintaqalarda 30 aprelgacha ekiladi. Qovoq ekini urug‘ini yer harorati 14–15°S ga yetganda ekishga kirishiladi. Ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.  Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.  

Ulashish: