Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi dotsenti Raximov Azadning Bodring mahsulotini yetishtirish bo`yicha innovatsion uslublarda amaliy mashg`ulotlar o`tkazish mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra dotsenti A.Raximovga “Sabzavotchilik” fanidan amaliy mashg’ulotlarni kichik guruhlarda o’tish samaradorligi mavzusida ma’ruza qilish uchun so’z berdi.Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Bu ishlanma talabalarga «Bodring yetishtirish va undan mahsulotlar tayyorlash mavzusidan nazariy bilim, amaliy ko’nikmalar va yuqori malakaga ega bo’lishlariga yordam beradi. Bunda talabaning faol ishtiroki ta’minlanadi, chunki dars davomida talabalar bilan o’zaro “munozara” olib borilishi, “muammolar”ni birgalashib hal etish holatlari, interfaol uslublardan foydalanilishi talaba har tomonlama o’zini sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi.O’qituvchi esa bu faol usullarni qo’llash orqali talabalarning darsdagi ishtirokini, ular tomonidan berilgan savollarga tez va to’g’ri javob berish qobiliyatini, muammolarni hal etish uchun har xil takliflar kiritishini, o’tilgan fan bo’yicha ega bo’lgan amaliy ko’nikmalarini aniq va to’liқ baholash imkoniga ega bo’ladi.Seminar davomida  kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va savollariga javob oldilar.

Ulashish: