Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi katta o`qituvchisi Durdiyev Komilning Sabzavot ekinlarini almashlab ekish, ekish muddatlari va ekish usullari mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

Durdiyev.K “Sabzavot ekinlarini almashlab ekish, ekish muddatlari va ekish usullari” mavzusida ma’ruzaga chiqdi.Qishloq xo’jaligi ekinlarini yillar davomida dalalar bo’yicha ilmiy asosda navbatlab ekish almashlab ekish deyiladi.Almashlab ekish dalalarda o’tkaziladigan barcha agrotexnik tadbir-larning asosi bo’lib hisoblanadi.U to’g’ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, begona o’tlar, zararku-nanda hamda kasalliklarni keskin kamayishini ta’minlaydi.Agar bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilsa, u surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalikda asosan bitta ekin surunkasiga yetishtirilsa, bu monokultura deyiladi. Mono - yunoncha so’z bo’lib bir, yagona demak-dir. Masalan, xo’jalikda monokultura sifatida yetishtirilayotgan bug’doy toza shudgor bilan almashsa uning surunkasiga ekilishi uziladi, lekin monokulturaligi saqlanadi. Surunkasiga ekish va monokulturaning zarari juda katta. Bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilaversa shu ekinga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklar ko’payib ketadi. Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.

Ulashish: