Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Milliy sport turlari va xalq o’yinlari musobaqasi oʻtkazildi

O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishiga, boy tarixiga ega. Ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimiz sanalgan milliy o‘yinlarimiz yoshlar tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy o‘yinlarimiz halollik, kuchlilik, ahillik, epchillik va zakovat vositasidir. 

Urganch davlat universitetida Navro‘z bayrami mana shunday o‘yinlar bilan yanada zavqli o‘tmoqda.

Shu ma’noda bugun universitetimizning barcha fakultetlari talabalari o‘rtasida Arqon tortish, Kurash, Dart board, Tosh koʻtarish, Qoʻl qayirish singari 5 ta milliy sport turidan musobaqalar o‘tkazildi.

 Unda eng epchillar va kuchlilar g‘alabani qo‘lga kiritib, universitet tomonidan taqdim etilgan esdalik sovgʻalarga ega boʻldilar.

Ulashish: