Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Turkiyalik sayyohlar UrDUda

Joriy yilning 18-21 mart kunlari Turkiya Respublikasining oliy oʻquv yurtlari xodimlari va mudofaa tizimining isteʼfodagi vakillaridan tashkil topgan 22 kishilik sayyohlik guruhining Xorazm viloyatiga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Bugun, 20-mart kuni ushbu sayyorlik guruhi Urganch davlat universitetida boʻldi. Mehmonlarni universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyat iliq qarshi oldi. 

Ikki qardosh xalq vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan samimiy muloqotda oʻzbek va turk xalqlarining azaliy doʻstlik aloqalari, qardoshlik rishtalari, tili va madaniyati, urf-odatlari mushtarakligi eʼtirof etilib, ushbu doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagini bildirishdi. 

Uchrashuvda prorektor S.Xodjaniyozov mehmonlarga Urganch davlat universiteti haqida taqdimot qilib, oliygohning bugungi kundagi faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi. 

Ulashish: