Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU rektorining Urganch tumanidagi oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Xususan, rektor B.Abdullayev, universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari  Urganch tumanining “Oʻrta doʻrman” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta′minlangan  yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning hayotda o’z o’rnilarini topishlari, ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish va kasbga yo’naltirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar va ota-onalarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish borasida vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, mahalla yoshlarini kasb-hunarga yo’naltirish, chet tillarini o‘rganishga jalb etish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida tavsiyalar berildi.

Ulashish: