Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy seminar

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida kafedra o'qituvchisi F.Otajonovaning "Hofiz Xorazmiy devoni ilk g'azalida leksik resurslar istifodasi", doktorant Q.Yusupovaning "Riyozu-d-davla"da qo'shma fe'llar lingvopoetikasi" mavzularida ilmiy-nazariy ma'ruzasi hamda katta o'qituvchi I.Davletovning "O'zbek tilini o'rganishda o'quvchilar so'z boyligini oshirish", doktorant M.Tillayevaning "Lingvokulturologik jarayonlarning bosma nashrlarda aks etishi" mavzularida ilmiy-uslubiy ma'ruzalari tinglandi.

Ulashish: