Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Akademik Shavkat Ayupov UrDUda maʼruza oʻqidi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib, universitetning Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlariga maʼruza oʻqidi.

Akademik Shavkat Ayupov maʼruzasida Fanlar akademiyasining tashkil etilishi va mustaqillik yillarida rivojlanishi to‘g‘risida gapirib, hech bir davrda ilmga hozirgiday e’tibor qaratilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda ilm-fanni va ta’lim sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar, hozirda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida gapirildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida  Fizika-matematika fakultetining talaba-yoshlari bilan ham uchrashdi.

Dastlab uchrashuvda bugungi kunda ilm-fan sohasini xususan, matematika sohasi rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan fondlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. 

Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruza qildi. 

 

Ulashish: