Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ulster universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 20-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “AELLCA” dasturi doirasida tashkil etilayotgan seminar-treninglar munosabati bilan oliygoh rahbariyatining Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ulster universiteti professorlari Barbara Skinner, Hoeritzauer Franz Josef, Kostanay davlat universiteti professori Yelena Kandalina, shuningdek, Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova ishtirok etdi.

Tomonlar “AELLCA” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashib, Urganch davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar davomida Ulster universitetining ta’lim dasturlarini franchayzing asosida joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda Ulster universiteti San’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining hamkorliklar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, doktor Viktoria Makkollum onlayn tarzda ishtirok etdi. U o‘z chiqishida Ulster universitetining faoliyati, xalqaro hamkorlikdagi tajribasi hamda Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida atroflicha so'z yuritdi.

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish: