Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Murojaatnoma — barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati

Bugun, 23-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi: barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, NNT, siyosiy partiyalar va ularning deputatlari, UrDU faol yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan Murojaatnoma markazida inson qadri, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanish masalalari turgani, iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ekani ta’kidlandi. 

Shuningdek, 2026-yildan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi eʼlon qilingani, ijtimoiy buyurtmalar tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi oshirilishi belgilangani alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholi xabardorligini oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan unda belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Ulashish: