Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan umummilliy so‘rovnomada faol ishtirok etmoqda.
Mazkur so‘rovnoma doirasida universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini boshqarish samaradorligi, boshqaruv qarorlarining shaffofligi, o‘quv-uslubiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganilmoqda.
Bildirilgan fikr va takliflar kelgusida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda universitet faoliyatini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barchani mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!