Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Pedagogik amaliyot konferensiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 26-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetining 4-bosqich talabalariga Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.G'ayipov tomonidan pedagogik amaliyot konferensiyasi o'tkazildi.

Unda kafedra mudirlari, fakultet tyutorlari, amaliyot rahbarlari va talabalar ishtirok qildi. 

Kirish konferensiyasi davomida talabalarga pedagogik amaliyotni tashkil qilish bo'yicha qoidalar tushuntirilib, amaliyot dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatda, to'liq bajarish bo'yicha tavsiyalar aytib o'tildi. Shuningdek, amaliyot rahbarlari bilan tanishtirilib, amaliyot hujjatlarini yuritish bo'yicha tushuncha berildi. 

Ulashish: