Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Adabiyot va san’atga ehtirom

Bugun, 20-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan atoqli adabiyot va san’at namoyandalari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, tarjimon va tadqiqotchi Matnazar Abdulhakim tavalludining 78 yilligi hamda taniqli shoir, yozuvchi, dramaturg, “Do‘stlik” ordeni sovrindori Qurbon Muhammadrizo tavalludining 88 yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Kecha davomida talabalar tomonidan ijodkorlarning she’rlaridan namunalar mahorat bilan ijro etildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi, mazmunli sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Badiiy chiqishlar orqali taniqli adiblarning boy ma’naviy merosi, adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi chuqur ifoda etildi.

Tadbirda fakultet dekani, prof. D.G’ayipov hamda bastakor, san’at arbobi, Matnazar Abdulhakimning do'sti Q.Raximov so‘zga chiqib, ijodkorlarning hayoti va ijodi, ularning adabiyot va milliy madaniyatimiz rivojidagi o‘rni haqida iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur badiiy tadbir yosh avlod qalbida adabiyot va san’atga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash, milliy merosimizni qadrlash ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.

Ulashish: