Close
Skip to main content


“Innovatsiyalar davrida turkiy madaniy hamkorlik: raqamli platformalar va ilmiy almashinuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy o‘tkazilmoqda

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Urganch davlat pedagogika instituti hamda qator nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar davrida turkiy madaniy hamkorlik: raqamli platformalar va ilmiy almashinuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistr va doktorantlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Anjuman dastlab tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. D. Abdullayev moderatorligida o‘tgan tadbirni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari N. Kutlimuratova kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiyada Urganch davlat universiteti rektori F.Madraximova tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, qardosh turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani, bunday nufuzli anjumanlarning ilm-fan va ta’lim rivojidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda “Turk eli” xalqaro tashkiloti rahbari S. Ispaxi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari B.Abdirimovlar ham tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar.

Ayni damda anjumanning yalpi majlisi davom etmoqda. Unda soha mutaxassislari tomonidan turkiy madaniy hamkorlikni rivojlantirish, raqamli platformalarning imkoniyatlari va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish masalalari yuzasidan dolzarb ma’ruzalar tinglanmoqda.

Ulashish: