Close
Skip to main content


Rektor yangi Talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida Davlat xususiy sherikchiligi asosida barpo etilayotgan 400 o’rinli yangi Talabalar turar joyi qurilish maydonida bo’ldi.

Hududdagi qurilish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishib, obyektning bugungi holati, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib bordi. Ayni vaqtda binoning ichki devorlarini pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Rektor tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ulashish: