Rektor universitet qoshidagi Xorazm innovatsion texnoparki faoliyati bilan tanishdi
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova universitet qoshidagi Xorazm innovatsion texnoparkiga borib, uning faoliyati hamda ishlab chiqarish ustaxonalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti bilan Texnopark o‘rtasida samarali integratsiyani yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilarni jalb etish, UrDU brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda bu orqali investitsiyalarni faol jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni tizimli va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




