Ismailov Shavkat Ko’zievich 1968 yil 16 yanvarda Xorazm viloyati Hazorasp tumani Beshta qishlog’ida tug’ilgan. 1985 yilda tumandagi Mirzo Ulug’bek nomli 45-maktabni imtiyozli tugatgan. Shu yili Toshkent Davlat Universitetining (xozirda Uzbekiston Milliy Universiteti) fizika fakultetiga o’qishga kirib, 1990 yilda shu universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladim. Keyin yo’llanma asosida O’zFA matematika institutida stajer-tadqiqotchi bo’lib ishga qabul qilingan. 1992 yildan Urganch Davlat Universiteti “Fizika” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. 1998-2001 yillarda O’zFA Fizika-Texnika Institutida aspiranturani o’tagan. 2007 yil 31- yanvarida Uz FA FTI koshidagi ixtisoslashgan kengashda “Выращивание и исследование электронних и оптических свойств твердых растворов Ge-InP” mavzusida fizika-matematika fanlari nomzodligi dissertattsiyasini muvaffakiyatli ximoya qilgan. Xozirda Urganch Davlat universitetidagi fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan.
2016-2024 yillarda TATU Urganch filiali «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Xozirda shu kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
U ish faoliyati davomida xalqaro, respublika ilmiy-amaliy grantlarida ishtirok qilgan. Jumladan:
1. 2009-2011 yillarda Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish dasturi (UNDP) tomonidan moliyalashtirlgan «Biogazovaya ustanovka dlya podsonix xozyaystv» mavzusidagi UZB/SGP /OP4/Y2/RAF/2009/16 xalqaro fondi grant loyihasi injeneri sifatida ishtirok qilgan (ma’lumotnoma ilova qilinadi);
2. 2012-2014 yillarda xalqaro TWAS fondining “Si-SiO2 chegerada joylashgan nanoo’lchamli lokal potentsialning yon sig’imga ta’sirni modellashtirish” mavzusidagi - 174 RG/PHYS/AS G; FR 3240262672 raqamli grant loyixasida ishtirok etgan;
2008 yil may oyida Rossiyaning A.S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetida malaka oshirish kurslarini o’tab qaytgan.
Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida ERASMUS-EDU-2022 -101083224 - raqamli INMACOM - loyihasida faol ishtirok qilib kelmoqda. 2023-yil 22- 26-may kunlari Belgiyaning Gent universiteti (UGent) va Vrije Universiteit Brussel (VUB) universitetida INMACOM loyihasi konsorsiumi a’zolarining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi va Belgiyaning Gent va Bryussel univrsitetlarida, Italiyaning Turin politexnika universitetida ilmiy stajirovkada bo’lib qaytgan.