Allamov Oybek Turabayevich 1985-yil Xorazm viloyati Urganch tumanida ishchi oilasida tugʻilgan.
2014-2015-yilda Germaniya davlatining Karl von nomidagi Oldenburg universitetida malaka oshirib keldi. Malaka oshirish bilan birgalikda universitetning Q-MIG halqaro loyihasida ishtirok etdi.
2015-2016-yilda Kompyuter injiniringi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan. Shu yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar oʻrtasida tashkil etilgan “Eng yosh faol dasturchi“ tanlovi Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan.
2018-yil iyun oyida O.Allamov “Graflar nazariyasi asosida marshrutlarni tanlash masalasini yechish usul va algoritmlari” mavzusida 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Hozirgacha 70 ga yaqin xalqaro va respublika jurnallarida ilmiy maqolalar va 1 monografiya chop qildi.
2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Oʻz kasbini ustasi" belgisi bilan taqdirlandi.
2022-yilda Innovatsion rivojlanmish agentligi tomonidan oʻtkazilgan talovda golib boʻlib Germaniyaning Oldenburg universitetida 3 oy stajirovaka oʻtagan. Shuning 2025-yilda Erasmus+ KA171 loyihasida doirasida Gemaniyaning Oldneburg universitetida 6 hafta qisqa muddatli dars mashgʻulotlari, semenar trening va ilmiy hamkorlik qilib keldi.