Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Aziz yurtdoshlar, qadrli ustoz va murabbiylar!


Yurtimizda har yili “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Bu sana o‘qituvchi kasbini ulug‘lash, ularning jamiyat hayotidagi beqiyos xizmatlarini e’tirof etish va munosib qadrlashning yorqin ifodasidir. Zero, yosh avlodni barkamol inson etib voyaga yetkazish, ularni ma’rifat va bilim sari yetaklash — xalqimizning asrlar davomida qadrlab kelgan ulug‘ fazilatlaridan biridir.

Fidoyi ustozlarimiz nafaqat bilim beribgina qolmay, balki yoshlarning qalbiga mehr-oqibat, insoniylik, vatanparvarlik, ezgu fazilatlarni ham singdirib boradi. Bugun turli sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning har bir muvaffaqiyatida Sizlarning sabr-toqatingiz, mehnatingiz, mehringiz mujassam.

Darhaqiqat, ustoz siymosida biz ertangi kunimizni — yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan ma’rifatli, maqsadli va fidoyi yoshlarni ko‘ramiz. Shu bois Sizlarning sharafli kasbingizni qancha e’zozlasak ham arziydi.

Shu o‘rinda, Urganch davlat universitetining barcha qadrli professor-o‘qituvchilari, muhtaram ustozlari, Sizlarni chin qalbimdan kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, faoliyatingizda ulkan zafarlar, hayotingizda esa sog‘liq, farovonlik va tinchlik tilab qolaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xodjaniyazov Sardor Umarovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor

Share