Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



UrDU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 23-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari Ikrom Abdullayevning bevosita ishtirokida tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida kengash a‘zolari tomonidan kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, Urganch davlat universitetining 2026-yilga mo‘ljallangan yillik daromadlar va xarajatlar parametrlari, 2026-yilgi biznes rejasini tasdiqlash, shuningdek, universitet rahbar xodimlari (dekanlar) faoliyatining samaradorligini baholash mezonlariga (KPI) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida boshqa tashkiliy masalalar muhokama etilib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Share