Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Joriy yil 15-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “16-noyabr –Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida  “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida “Oʻzbekiston –bagʻrikeng diyor” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

Tadbir Xorazm viloyati hokimligi, viloyatimizdagi turkman, qozoq, rus, koreys, tatar milliy-madaniy markazlari rahbarlari va ijodiy jamoalari hamda universitetimiz rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida o'tkazildi.

Dastlab Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari M.Umrzaqov, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili, viloyat bosh imomi X.Abdullayev, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, milliy-madaniy markazlar rahbarlari soʻzga chiqib, o‘zbek xalqi azaldan totuvlik , do‘stona munosabat, bag‘rikenglik timsoli yo‘g‘rilgan millat sifatida barcha elatlar ichida ajralib turishi haqida soʻz yuritdilar. Jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhiti va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarini kengaytirish borasida fikr yuritdilar va bayram bilan barchani qizgʻin qutladilar.

Shundan soʻng, milliy-madaniy markazlarning ijodiy jamoalari va Urganch davlat universiteti talabalarining bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Oʻzaro doʻstlik va hurmatga yoʻgʻrilgan bu kechada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi sheʼrlar, qo‘shiqlar, milliy raqslar ijro etildi.

urdu.uz, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Ulashish: