Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEVNING NAVRO'ZI AYYOM MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, hurmatli universitet jamoasi!

O'lkamizga yangilanish, yasharish va  mehr-oqibat timsoli bo'lgan bahor fasli kirib kelishi bilan mamlakatimiz bo'ylab orziqib kutilgan Navroʻzi olam ham bo'y ko'rsatadi. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrk-u ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bu yil "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va yangilanishlar aynan shu ulugʻ maqsadga – har kunimiz Navroʻz boʻlishiga, yaʼni, xalqimiz hayotining obod va farovon boʻlishiga, oʻtayotgan kunidan rozi boʻlib yashashga  qaratilganini barchamiz chuqur his qilamiz.

Aziz va hurmatli professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar! 

Shu fursatdan foydalanib, barchangizni mana shu goʻzal va tarovatli Navroʻz ayyomi bilan chin dildan tabriklayman. Barchangizga,  avvalo, sogʻlik va omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilab qolaman.  Ilmiy va pedagogik faoliyatingizda, oʻqishlaringizda omad yor boʻlsin. Navroʻzi olamning hayotbaxsh nuri qalbingizni aslo tark etmasin. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon boʻlsin! 

Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin! 

Ulashish: