Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Erkin Samandar


Erkin Samandar

urdu.uz;Erkin Samandar

Shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlogʻida dunyoga kelgan. Xorazm davlat pedagogika institutida (1952–1957) yillarda tahsil olgan. Erkin Samandar oʻtgan asrning 50-yillarida adabiyot dargohiga kirib kelgan. 1966 yilda “Amu jilolalari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami chiqdi. Shundan keyin “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon toʻla nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Yablonya vo dvore” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Shedrost rassveta” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar” (1988), “Yurakka yoʻl” (1990), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, qizi Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Koʻngil yoshligi” (2010) jami 17 sheʼriy majmuasi nashr etildi.

 

Davlat mukofotlari:

1) 1990 yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni

2) 2019 yil “Do`stlik” ordeni

Ulashish: