Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi


 Bugun, Urganch davlat universitetida 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi. 

   Bellashuvlarni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, talabalarga oʻzining samimiy hurmat-ehtiromi va ezgu tilaklarini izhor etdi. Muhtaram Prezidentimizning ushbu sana munosabati mamlakatimiz xalqiga yoʻllagan murojaati mazmun-mohiyati haqida toʻxtaldi.

   “Zakovat” oʻyinlarida har fakultetdan 1 ta jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. Qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻlgan bellashuv natijalariga koʻra,  Fizika-matematika jamoasi 1-o‘rinni,  Xorijiy filologiya fakulteti 2-o‘rinni, Tarix fakulteti jamoasi esa 3-o‘rinni qoʻlga kiritdi. 

  Turnir "Zakovat" intellektual o‘yini Xorazm viloyati hududiy koordinatori Ilhom Babajanov tomonidan olib borildi.

urdu.uz, “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi

urdu.uz, “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi

urdu.uz, “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi

urdu.uz, “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi

Ulashish: