Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



2024/2025 o'quv yili bahorgi semestri bo’yicha yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda


Ayni kunlarda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham 2024/2025 o'quv yili bahorgi semestri  yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda. Jarayonlar ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ochiq ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib borilmoqda. 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 452-son buyrugʻiga asosan, yakuniy nazorat turini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tajribali professor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantirilgan. 

Shuningdek, jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassislari tomonidan doimiy tarzda kuzatib borilmoqda.

Ulashish