Joriy yilning 4-fevral kuni “Imom Faxriddin ar-Roziy” o'rta maxsus islom ta’lim muassasasida buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil qilindi.
Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori (v.b.) f.f.d. Ismailov Is’haqjon Otabayevich ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi ma'ruzasi bilan ishtirok qildi. Ma'ruza davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan ahamiyatli ma'lumotlar berildi.