✅ Fizika-matematika fakultetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun, 4-mart kuni Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi O.Iskandarov ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning jamiyat va kelajak uchun tahdidi, uni oldini olish usullari hamda javobgarlik masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarida akademik halollik talablariga rioya qilish, ichki odob-axloq qoidalariga amal qilish va boshqa salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha talabalarga tushuntirishlar berildi.



