Close
Skip to main content


Filologiya va san'at fakultetining Talabalar turar joyida yashovchi talabalari o'rtasida "Eng yaxshi xona" tanlovi tashkil qilindi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetining Talabalar turar joyida yashovchi talabalari o'rtasida tashkil qilingan "Eng yaxshi xona" tanlovi o'z yakuniga yetdi. 

Xonalarni ozoda, tartibli, yashash uchun qulay va chiroyli saqlash hamda talabalar orasida tozalik, orastalik va mas'uliyatni targ'ib qilishni maqsad qilgan mazkur tanlov belgilangan mezonlar asosida quydagicha baholandi:

1-o'rin — O'razbayeva Guliza, Ramazanova Mahliyo, Masharipova Shahnoza, Sarsenbayeva Dilnura, Xabibullayeva Dilrabolar yashayotgan 308-xona;

2-o'rin — Toirova Ruxshona, Reyibnazarova Sojida, Aminova Mohichehra, Shokirova Madinalar yashayotgan 317-xona;

3-o'rin — Qudayarova Dilnoza, Kadirova Mahfuza, Abdullayeva Ziyoda, Abdullayeva Gulnoza, Saidova Mashhuralar yashayotgan 336-xona.

Tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. 

Ulashish