Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti talabalari Turkiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro sport festivalida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi!


Joriy yilning 14–17-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Boğaziçi universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “45-Xalqaro Sport Fest” sport festivalida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari muvaffaqiyatli qatnashdi.

Stol tennis musobaqalarida:
 O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida — Rajabov Dilshod faxrli 1-o‘rinni,
 Jumakulov Faridjon esa faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa:
 Nishonova Noila faxrli 1-o‘rinni,
 Matrizayeva Fotima faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Badminton sport turi bo‘yicha yakkalik bahslarida:
 O‘g‘il bolalar o‘rtasida Azadov Farrux, qizlar o‘rtasida esa Bahramova Sevinchoy faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Universitetimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan talaba-yoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!