Close
Skip to main content


Xitoy Xalq Respublikasining XCMG korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


19-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda Xitoy Xalq Respublikasining XCMG korporatsiyasi vakillari — XCMG Global ta’lim va o‘qitish markazi direktori, Suychjou qurilish mashinalari texnik kolleji prezidenti Chjan Lina va Suychjou texnologiya universiteti vitse-prezidenti Xuan Chuanxuey ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda yangi o’quv yilidan boshlab Urganch davlat universiteti, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti hamda XCMG kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikda texnika va mashinasozlik yoʻnalishlarida tashkil etilayotgan 2+1+1 qo’shma ta’lim dasturi muhokama etildi. Talabalarning dual ta’limini asosiy maqsad qilib belgilagan ushbu dasturni respublikada ham kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.