Joriy yilning 2–3-iyul kunlari Germaniyaning nufuzli ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari Urganch davlat universitetida bo‘lib, universitetning 9 ta ta’lim dasturi bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya jarayonlari doirasida kompleks o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.
O‘rganishlar Iqtisodiyot (bakalavriat va magistratura), Buxgalteriya hisobi (bakalavriat), Marketing (bakalavriat va magistratura), Turizm va mehmondo‘stlik (bakalavriat), Oziq-ovqat texnologiyasi (bakalavriat va magistratura) hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (bakalavriat) ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini qamrab oldi.
Xalqaro akkreditatsiya jarayonida Germaniya, Shveysariya, Malta, Iordaniya, Turkiya va Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi ishtirok etdi.
Bugun mazkur jarayonning yakuniy uchrashuvi onlayn formatda tashkil etildi. Unda ekspertlar guruhi universitetning 9 ta ta’lim dasturi mas’ullari bilan uchrashib, o‘rganish natijalari yuzasidan o‘z xulosalari, xolis tahlillari hamda aniq tavsiyalarini taqdim etdilar.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya jarayoni Urganch davlat universitetida ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish va universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbus hisoblanadi.









