Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda


Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etuvchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

Bugungi imtihonlar Sport faoliyati: futbol, Sport faoliyati: kurash hamda Sport faoliyati: qo'l to'pi yo‘nalishlarida bo'lib o'tmoqda. Mazkur yo‘nalishlar bo'yicha jami 98 nafar abituriyent imtihonlarda ishtirok etmoqda.

Imtihon jarayonlari mas'ul komissiya a'zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo'limi nazorati hamda to'g'ridan to'g'ri kamera kuzatuvi ostida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

Imtihonlar jarayonlari onlayn translatsiya qilinmoqda.