Ayni paytda Urganch davlat universitetida 1–2-bosqich talabalarining ijtimoiy faolligini baholashga qaratilgan "Kitobxonlik testi" o'tkazilmoqda. Test sinovlari tavsiya etilgan adabiyotlar asosida tashkil etilib, talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyati hamda ijtimoiy faolligini baholashga xizmat qilmoqda. Sinovlar kun davomida universitetning barcha fakultatlari hamda magistratura bo‘limi talabalari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.
Jarayonlar avvalida universitet birinchi prorektori Sh.Allaberganov hamda mas’ullar tomonidan talabalarga tushuntirishlar berildi. Test natijalari HEMIS tizimi orqali avtomatik ravishda grant.urdu.uz platformasiga yuklanadi va davlat grantlarini qayta taqsimlash jarayonida inobatga olinadi.









