Close
Skip to main content


UrDUda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim qabuli bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat tashkil etildi


Bugun, 15-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bilan qabul komissiyasining suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbatda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘.Raximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Atamuratov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Oʻ.Matyokubovlar ishtirok etib, ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikka qabul qilinayotgan talabgorlarga belgilangan tartib-qoidalari, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘qish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabgorlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.