Close
Skip to main content


Vazir yangi TTJdagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yangi yotoqxonada olib borilayotgan jihozlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan muloqotda talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni ta’minlash, binoni to‘liq jihozlash hamda ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.