Close
Skip to main content


UrDU FMI ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi o'quv yili qabuli uchun imtihonlar boshlandi


Bugun, 21-avgust sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv yili qabuli uchun imtihonlar boshlandi. Imtihon avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘.Raximov ishtirokchilarga imtihon tartibi va jarayonning borishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Kirish imtihonlari Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari ishtirokida, belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, jarayonlarning xolis va shaffof o'tishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Test sinovlari ikki yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:
“Matematika–Fizika”
hamda “Matematika–Ingliz tili”


Imtihonda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni:
7-sinflar — 307 ta
8-sinflar — 152 ta
9-sinflar — 89 ta
10-sinflar — 66 ta
11-sinflar — 13 ta

Barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaymiz!