Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusidagi Xalqaro yozgi maktab dasturi o‘z yakuniga yetdi.
Besh kun davom etgan dasturda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ta’lim metodlari, tarjimada sun’iy intellektdan foydalanish, madaniyatlararo muloqot, ilmiy loyihalar hamda PhD ta’limiga oid qator seminar va master-klasslar o‘tkazildi.
Bugun dastur doirasida yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yozgi maktab davomida faol ishtirok etgan qatnashchilarga minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, dasturga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar, tashkilotchilar va faol ishtirokchilarning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.
Mazkur Xalqaro yozgi maktab ilmiy tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.






.jpg)
.jpg)
.jpg)
