Close
Skip to main content


UrDU va Turkiyaning Aksaray universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdi. Bugun rektor Turkiyaning Aksaray universitetida bo’lib, u yerda rektor Alpay Arıbash hamda prorektor Ershan Severlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi orqali o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qisqa muddatli va semestrlik o‘quv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro grantlar va ilmiy maqolalarda hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar yakunida Urganch davlat universiteti va Aksaray universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.