Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yanvar oyida magistratura mutaxassisliklariga vakant oʻrinlar uchun qabul boʻlib oʻtadi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kengaytirilgan Apparat Kengashi yigʼilishining oliy taʼlim muassasalariga 2022\2023 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yakunlariga bagʻishlangan 37-son bayoniga asosan, 2022\2023 oʻquv yilida magistratura mutaxassisliklariga vakant oʻrinlar uchun yanvar oyida qabul jarayonlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.