Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“MILLIY LIBOSLAR KUNI”


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA HAFTANING HAR CHORSHANBA KUNI “MILLIY LIBOSLAR KUNI” DEB E’LON QILINDI

Urganch davlat universitetining barcha professor-o’qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlari diqqatiga! 

Xalqmizning asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatlari, milliy an’analari va liboslariga mehr uyg‘otish va o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida universitetimizda haftaning har chorshanba kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilinganini ma'lum qilamiz.

Shu munosabat bilan universitetining barcha professor-o’qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlari xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam etgan atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarda kelishlari so’raladi.