Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Axborot texnologiyalari markazi universitetda o`quv jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha asosiy bo`linma hisoblanadi va ilmiy ishlar prorektoriga bo`ysunadi. Axborot texnologiyalari markazining faoliyati «Ta'lim to`g`risidagi» qonunga, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlari va buyruqlariga, universitet ustaviga va mazkur nizomga muvofiq ravishda o`quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida tashkil qilinadi.
Axborot texnologiyalari markazining boshlig`i ilmiy ishlar prorektori taklifiga binoan, o`rnatilgan tartibda, rektor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.Axborot texnologiyalari markazi o`z faoliyati yuzasidan universitet rektoriga, ilmiy ishlar prorektoriga, shuningdek, universitet ilmiy kengashiga yilda bir marta hisobot beradi.
Axborot texnologiyalari markazi strukturasi va shtatlari ilmiy ishlar prorektorining taklifiga binoan va OO`MTV bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muasassalarining boshqaruv, xizmatchi va texnik xodimlarining namunaviy shtatlari»ga muvofiq rektor tomonidan tasdiqlanadi.
Axborot texnologiyalari markazi xodimlari orasida vazifalar bo`lim boshlig`i tomonidan taqsimlanadi. Axborot texnologiyalari markazi xodimlarining huquq va vazifalari bo`lim maqsadlari va vazifalariga, shuningdek amaldagi qonuniyatga muvofiq ishlab chiqilgan va ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlangan xizmat instruktsiyalari bilan belgilanadi.