Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


“Akademik faoliyat va registrator departamenti” Universitetning 2023-yil 28-avgust kengashi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib “O'quv-uslubiy boshqarma” o’rnida qayta tashlkil etildi. 

“Akademik faoliyat va registrator departamenti” tarkibida 3 ta bo’lim faoliyat yuritadi:

- Akademik faoliyatni boshqarish bo’limi;

- Akademik mobillikni muvofiqlashtirish va talabalar bilan ishlash bo’limi;

- Ta’limni kredit tizimini boshqarish va ma’lumotlar bazasini monitoring qilish bo’limi

“Akademik faoliyat va registrator departamenti” universitetining o'quv va o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy hujjatlariga, universitet Nizomiga muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.

Maqsad va vazifalari: 

 • Ta’lim jarayonini ilg`or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o`quv jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o’z faoliyatini amalga oshirish; 

 • Universitetda o’quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish; 

 • Universitet fakultet va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish; 

 • O’quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy - uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish;

 • Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarning o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;

 • Fakultet va bo’lim uslubchilari uchun o’quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;

 • Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo’llashni o’quv jarayoniga tatbiq qilish.

Departament vazifalari: 

 • Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat olib borish;

 • Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv va o’quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg`or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq qilish; 

 • Universitet fakultetlari va magistraturada talabalar bilimini baholash tizimiga oid nazoratlarni tashkil etilishini nazorat qilish, tahliliy o’rganish va umumlashtirib borish;

 • Akademik ma’lumotnomalar, reyting daftarchasi va boshqa belgilangan o’quv hujjatlarning qo’yilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazoratga olish; 

 • Universitet kafedralarida shtatlar jadvalini tuzish uchun harakatdagi me’yorlar asosida hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

 • Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 

 • Universitet fakultet va kafedralarini o’quv va o’quv-uslubiy masalalar bo’yicha faoliyatini o’rganish; 

 • Auditoriya fondi holati bo’yicha nazorat olib borish, auditoriyalar holatini yaxshilash bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish; 

 • Universitet fakultetlari va kafedralariga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish; 

 • Universitet kafedralariga o’quv-uslubiy axborotlarni izlash bo’yicha va yangi o’quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlashda hamda nashr etishda tashkiliy yordam ko’rsatish.