Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti “Fizika” kafedrasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish uchun laboratoriya qurilmasi yaratildi

Urganch davlat universiteti dotsenti Komiljon Yakubov rahbarligida universitetning Fizika kafedrasi tadqiqotchilari Davron Qurbonov, Rustam Bazarbayev, magistrantlar va talabalar bilan birgalikda quyosh panellarini yig‘ish jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyada yig‘ilgan quyosh panellarining xususiyatlarini turli iqlim sharoitlarida tekshirish maqsadida laboratoriya qurilmasi yaratildi. Qurilma yordamida shamol tezligi, harorat, namlik yoritilganliklarning quyosh panellariga ta’sirini o‘rganish mumkin. Ushbu qurilma quyosh panellari ishlashining optimal sharoitlarini aniqlashda yordam beradi. Mazkur qurilma shu paytgacha bo‘lgan analoglarini kamchiliklarini hisobga olib bartaraf qilgan holda yaratildi. Qurilma yordamida quyosh elementlarida ishlatiladigan gidrofob materiallar xususiyatini va chang ta’sirini o'rganish imkoniyati mavjud.

Ulashish: