Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"OITS va OIVni oldini olish, uni profilaktikasi va belgilari" mavzusida ma’ruza

28 iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi kutubxonasida TTJ 2-bino talaba qizlarining Respublika OITSga qarshi kurash markazi Xorazm viloyat bo‘limi shifokori Qo‘chqorova Sharofat Samandarovna bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda tajribali shifokor Sh.S.Qo‘chqorova 2-bino talaba qizlariga "OITS va OIVni oldini olish, uni profilaktikasi va belgilari" mavzusida ma’ruza o‘qidi. Uchrashuvda Tarix kafedrasi dotsenti, UrDU xotin-qizlar qo‘mitasi BT raisi Sh.Q.Nurullayeva, talabalar turar joyi 2-bino tarbiyachisi Z.Yaqubova hamda Xorijiy filologiya fakulteti talaba qizlaridan 63 nafari ishtirok etdi. Ma’ruzadan so‘ng talaba qizlar bilan shifokor o‘rtasida savollar viktorinasi o‘tkazilib, shifokor savollariga to‘liq javob bergan talaba qizlarni markaz bukletlari va ma’lumotnomalari bilan taqdirladi. Uchrashuv so‘nggida xotin-qizlar qo‘mitasi BT raisi Sh.Q.Nurullayeva shifokor Sh.Qo‘chqorovaga ajoyib uchrashuv tadbiri va qiziqarli ma’ruzasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ulashish: