Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar o`rtasida qizlar bellashuvi bo`lib o`tdi

2021 yil 16 mart kuni universitet Madaniyat saroyida o’tkazilgan Navro’z bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Mening Navro’zim” nomli qizlar bellashuvida hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok qildim. Hakamlar hay’ati tarkibida k.o’q.G.Aliyeva, k.o’q.D.Matyakubova, o’q.Z.Abdikarimova va kutubxona xodimasi D.Masharipovalar ishtirok qildilar.

Bellashuvda birinchi bosqichda o’qiyotgan jami 9 nafar talaba-qizlar qatnashdilar. Mazkur bellashuvlar qiz-talabalar 3 ta shart, ya’ni o’zini tanishtirish, bayram bo’yicha savollarga javob berish va erkin mavzu bo’yicha bellashdilar. Guruhim talabasi B.Komilova barcha har bir shartlardan 5 ballni qo’lga kiritib, jami 75 ball bilan “Eng faol talaba” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi. Boshqa ishtirok qilgan qiz-talabalar ham boshqa shartlar bo’yicha g’olib bo’lishib, faxriy yorliklar bilan taqdirlandilar.

 

Ulashish: