Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar turar joyida kafedra kunlari o’tkazilmoqda

07.01.2022 yilda Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari 2-sonli TTJ ga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad talabalar bilan "Oila muqaddas, yoshlarni mustahkam oila qurish va turmushga tayyorlash" mavzusida davra suhbati o'tkazish bo'lib, tadbir davomida professor-o'qituvchilar oila, uning naqadar  muqaddasligi, mustahkam oila bu - nafaqat turmushning, balki jamiyatning ham  buyuk kelajagi poydevori ekanligi haqida talabalarga ma'ruza qildilar. Talabalar asosan qizlardan iborat bo'lganligi bois, davra suhbati qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi. Bunda talabalarning oila, mustahkam turmush haqidagi fikrlari ham eshitildi. Shu bilan birga, talaba yoshlar o'zlarining yashash sharoitlari, mavjud muammolari, bo'sh vaqtlaridan qay tarzda unumli foydalanayotganlari borasida ham professor-o'qituvchilar bilan o'rtoqlashdilar.

Ulashish: