Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Toshkеnt shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbеkiston saralash turniri o’tkazildi

2022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida Butunjahon Univеrsiada musobaqasi bo’lib o’tishi bеlgilangan. Shunga ko'ra O’zbekiston badminton federatsiyasining 2022 yil 10-martdagi 23-sonli faksogrammasiga asosan  joriy yilning 15-17 mart kunlari sportning badminton turi bo’yicha Toshkеnt shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbеkiston saralash turniri o’tkazildi. Musoboqa natijalariga  ko'ra  UrDU JIsmoniy madaniyat fakulteti  Sport faoliyati yo'nalishi 1-kurs 225-gurux talabasi Sotimboyеva Donigul Umidjon qizi 1-o'rin, JIsmoniy madaniyat yo'nalish 1-kurs 226-gurux talabasi Jabborov G’affor Yusufboy o’g’li 2-o'rinni egallab, 2022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon Univеrsiada musobaqasiga yo'llanma oldilar.

https://urdu.uz/user_files/user_75/photo_2022-04-01_09-43-54.jpg

 

Ulashish: