Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Universitet professor-o'qituvchilari Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, jumladan, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri H.Madatov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshev hamda Fizika-matematika  fakulteti dekan o'rinbosari J.Mattiyevlar Sloveniya davlatining Primorska universitetida Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar. 

Loyihaning yakuniga bagʻishlangan seminarlarda Fizika-matematika fakulteti dekan o'rinbosari J.Mattiyev loyiha doirasida universitetda erishilgan yutuqlar toʻg'risidagi taqdimoti bilan chiqish qildi. 

Shuni ham qayd etish joizki, “ELBA” loyihasi doirasida UrDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasida ingliz tilida 3 ta yangi kurs yaratildi va talabalarga muvaffaqiyatli o'qitildi.

urdu.uz, Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar

urdu.uz, Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar

urdu.uz, Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar

Ulashish: