Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida Yangi yil bayram shukuhi

Joriy yilning 23-dekabr sanasida UrDU Sirtqi bo'limining Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokida  UrDU akademik litseyida "Yangi yilim-yaxshi yilim" nomli ma'naviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi.  

   Ushbu bayram tadbiri tanlov koʻrinishida oʻtkazilib, unda talaba-qizlar o'zlarining kasbiy yoʻnalishi asosida 4 ta shart asosida iqtidorlarini namoyon qildilar. 

   Tadbirda Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi,  akademik litsey jamoasi ishtirok etdi. 

   Bayram tadbiriga talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, qiziqarli o‘yinlar, g‘aroyib chiqishlar hamda go‘zal Qorqiz va Qorbobo yanada fayz kiritdi.

Ulashish: