Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

Joriy yil 23-iyun kun Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasidagi “Universiada – 2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlariga "Prezident sovg’asi"ni topshirish marosimi bo’lib o’tdi. 

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi mas’ullar, hamkor tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, musobaqa ishtirokchilari qatnashdi.

Aytish joizki, bu yilgi “Universiada-2022” sport musobaqalari avvalgilaridan farqli ravishda yangi tartib asosida tashkil etildi. Musobaqalarning respublika final bosqichlari 15 ta sport turi boʻyicha 2022-yil 5-sentabrdan 2023-yil 31-mayga qadar 10 oy mobaynida respublikaning barcha hududlarida navbatma-navbat yuqori saviyada oʻtkazildi.

Musobaqalarda jami 96 683 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘oliblik uchun qizg‘in kurashishdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, “Universiada – 2022” sport musobaqalarining umumjamoa hisobida Xorazm viloyati jamoasi faxrli 2- oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu musobaqalar jarayonlarida Xorazm viloyati jamoasi tarkibida faol ishtirok etgan Urganch davlat universitetining bir guruh sportchi yoshlari, Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari universitet rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etishdi. 

Tantanali taqdirlash marosimida jamoamizga 175 000 000 soʻmlik "Prezident sovg‘asi" sertifikati topshirildi. 

Bayram tadbiri respublikamizning taniqli xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar bilan yana fayzli tus oldi. 

urdu.uz, “Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

urdu.uz, “Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

urdu.uz, “Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

urdu.uz, “Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

urdu.uz, “Universiada-2022” g‘oliblari munosib taqdirlandi: Xorazm 2-oʻrin

Ulashish: